AsosiyJamiyat

Toshkentning qator hududlarida "svet" o`chdi

'Toshkentning qator hududlarida "svet" o`chdi'ning rasmi

Energetika vazirligi xabariga ko`ra, bugun soat 21:10 da Toshkent shahrining Yashnobod va Mirobod tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi yuqori kuchlanishli 110 kV tarmog`ida nosozlik yuzaga keldi.  

Buning natijasida, Yashnobod tumanining Aviasozlar, "G`alabaning 40 yilligi" massivlari, Muxtor Ashrafiy ko`chalari va Mirobod tumanining Fitrat, Yangi Zamon, Inoqobod, Fayzobod, Eski Otchopar, Oqbilol ko`chalarida elektr ta`minotida uzilish kuzatilgani aytiladi. 

"Hozirda Energetika vazirligi, Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ta`mirlash ishlari qisqa fursatda (1,5 soatda) yakunlanadi va elektr ta`minoti qayta tiklanadi. Holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi",-deyiladi xabarda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raladi xabarda.

Ma`lumot uchun, ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobodda "svet" o`chishi oqibatida Do`stlik bog`idagi attraksionda odamlar qolib ketgani aytilgan xabarlar tarqalgandi.

Biroq ayni holat bu bo`yicha hali rasmiy ma`lumot berilgani yo`q.

    Boshqa yangiliklar