Xabaringiz bor, sentyabr oyida Samarqand shahrida Shanhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti o`tkaziladi.
Ayni vaqtda Samarqand viloyat IIBning ma`lum qilishicha, shu kunlari shaharning Ibn Sino, Bo`stonsaroy, Universitet hiyoboni, Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Registon, Ro`dakiy, Shoxizinda, Usto Umar Jo`raqulov, Islom Karimov, Afrosiyob, Beruniy, Mirzo Ulug`bek, Gulobod, Muqimiy va Dahbed ko`chalarida transport vositalarining harakati cheklanadi.
14, 15, 16 va 17 sentyabr kunlari uchun joriy qilinayotgan cheklovlar bois Samarqand shahriga kelmoqchi bo`lgan fuqarolardan tashriflarini boshqa muddatga ko`chirishlari so`ralmoqda.






