Bir muddat avval Afg`onistonda juma namozi paytida masjid portlatilgan edi.
O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur harakatlarni qat`iy qoralab, halok bo`lganlarining yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
"Afg`onistonning Hirot shahridagi "Guzargoh" masjidida 2022-yil 2-sentyabr kuni juma namozi paytida sodir etilgan hamda tinch aholi orasida ko`plab insonlarning qurbon bo`lishi va jarohatlanishiga sabab bo`lgan terrorchilik harakatini qat`iy qoralaymiz",-deyiladi unda.
Ta`kidlanganidek, bu kabi qabih harakatlar Afg`onistondagi vaziyatning keskinlashishiga olib kelishi barobarida, mamlakatda uzoq muddatli va barqaror tinchlik hamda milliy totuvlikning o`rnatilishiga to`sqinlik qiladi.
"Halok bo`lganlarining oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning sog`ayib ketishini tilaymiz",-deyiladi bayonotda.






