AsosiyJamiyat

Sirdaryodagi bir necha yillik daraxtlar tagi betonlab tashlandi

'Sirdaryodagi bir necha yillik daraxtlar tagi betonlab tashlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi istirohat bog`ida bir necha yillik daraxtlar tagiga beton quyib yuborishgan, viloyat Ekologiya boshqarmasi qayoqqa qarayotgan ekan?" sarlavhasi bilan murojaat e`lon qilindi. 

Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatining rasmiy munosabatigp ko`ra, mazkur holat Guliston shahridagi istirohat bog`idagi tamaddixona yonida uch tup daraxtning  tag qismi toshlar bilan o`ralib, betonlab tashlaganlik holati aniqlangan.

Ta`kidlanishicha, daraxtlarning  tag qismlari ochilib, holat bartaraf qilingan.  

 

    Boshqa yangiliklar