Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yashnobod tumanida sodir bo`lgan mushtlashuv videosiga munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda "Cobalt" va "Lacetti" avtomashinalarining to`qnashuvi oqibatida yo`l harakati qatnashchilari o`rtasidagi mushtlashuv aks etgan video tarqaldi.
Ma`lum qilinishicha, 1 sentyabr kuni soat taxminan 15:45 da "Cobalt" rusumli avtomashina haydovchisi 34 yoshli B.N. va "Lacetti" rusumli avtomashina haydovchisi 26 yoshli Sh.U. Yashnobod tumani, Aviasozlar va Qorasuv ko`chalari kesishmasida mayda to`qnashuv sodir etgan. To`qnashuv tufayli yo`l harakati qatnashchilari o`rtasida yuzaga kelgan janjal mushtlashuvga aylanib ketgan.
Oqibatda "Cobalt" avtomashinasining yo`lovchisi 36 yoshli B.N. tan jarohatlari olib shifoxonaga murojaat qilgan.
"Hozirda holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda, uning natijalariga ko`ra qonuniy qaror qabul qilinadi", deyiladi munosabatda.






