AsosiyJamiyat

“Jartepa" chegara bojxona postida fuqarolar va transport vositalari harakatlanishiga vaqtinchalik cheklov o`rnatildi

'“Jartepa" chegara bojxona postida fuqarolar va transport vositalari harakatlanishiga vaqtinchalik cheklov o`rnatildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 apreldagi “Bojxona ma`muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-122-son Farmoniga muvofiq, yo`lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida “Jartepa" chegara bojxona postida joylashgan binolarni kapital ta`mirlash va hududda obodonlashtirish ishlari olib borilayotganligi sababli, 2022 yilning 5-16 sentyabr kunlari mazkur bojxona posti orqali fuqarolar va transport vositalarining harakatlanishlariga vaqtinchalik cheklov joriy etildi.

Mazkur cheklov quyidagi holatlarda tadbiq etilmaydi:

- diplomatik va xalqaro tashkilotlar xodimlariga;
- rasmiy (hukumat) delegasiyalar tarkibiga kiruvchi shaxslarga;
- respublikamizda investisiya loyihalari doirasida faoliyat yuritib kelayotgan xorijiy tashkilotlar xodimlariga;
- xalqaro yuk tashish bilan shug`ullanuvchi haydovchilarga; 
- mamlakatimizda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga;
- Tojikiston davlatida doimiy yashovchi O`zbekiston fuqarolariga; 
- o`z yurtiga qaytayotgan O`zbekiston va Tojikiston fuqarolariga;
- Tojikistonga ketayotgan uchinchi davlat fuqarolariga.

    Boshqa yangiliklar