AsosiyJamiyat

Sankt-Peterburgda og`ir kasallikka chalingan o`zbekistonlik fuqaro oilasi bilan Vatanga qaytarildi

'Sankt-Peterburgda og`ir kasallikka chalingan o`zbekistonlik fuqaro oilasi bilan Vatanga qaytarildi'ning rasmi

Rossiyadagi mehnat migrantiga yordam ko`rsatildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, S.N. Rossiyaga joriy yil 7 yanvar kuni oilasi bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun keladi. Ammo 20 iyun kuni salomatligi yomonlashadi va shifoxonaga yotqiziladi.

Shundan so`ng S.N. ishga layoqatsiz bo`lib qolganligi sababli Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakilligiga Vatanga qaytishda yordam so`rab murojaat qiladi.

Fuqaroga Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi mablag`lari hisobidan aviachipta olib berildi va Sankt-Peterburg-Samarqand yo`nalishidagi aviareys bilan vatanga qaytarildi.

    Boshqa yangiliklar