AsosiyJamiyat

"Sud kuchli bo`lsa, hamma sohada "bespredel" kam bo`ladi"

'"Sud kuchli bo`lsa, hamma sohada "bespredel" kam bo`ladi"'ning rasmi

Kecha, 31 avgust kuni O`zbekiston etakchisi mustaqillikning 31 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan tadbirda 2026 yilgacha amalga oshirilishi lozim bo`lgan 5 asosiy vazifani sanab o`tgandi.

Prezident Administrasiyasida jamoatchilik fikrini o`rganish va axborot siyosatiga mas`ul Allamjonovning ta`kidlashicha, O`zbekistonda uammo ko`p, uning echimi uchun imkoniyat kam. Shu bois yuqoridagi 5 sohani bajarish shart va zarur.

"O`zimizni qancha o`qqa-cho`qqa urmaylik, chegaralangan imkoniyat bilan masalani oxiriga etkaza olmaymiz. Ishlarimiz natijasi chala-chulpa bo`lib qolaveradi.  

Buning echim qanday, degan savolga kecha Prezident javob berdi.  

U 5 ta sohani ustuvor qilib ajratib, hozirgi bor imkoniyat bilan shu 5 ta sohani 5 ga bajaramiz, uning ustiga o`tirib olib, yoyilib ketmasdan ishlaymiz, demoqchi bo`lyapti",-deydi u.

Xo`sh, undagi masalalar doim aytib kelinardi-ku. Kechagi Prezident ma`ruzasi nimasi bilan farq qiladi? Nega aynan shu 5 ta soha?  Mas`ul shularga ham izoh berib o`tdi

"Ta`lim rivojlansa, bilimlilar ko`payadi. Bilimlilar yurti hech qachon qoloq bo`lmaydi.  

Biznes ortidan odamlar, jamiyat boy bo`ladi. Kambag`allik qisqaradi. Boylari ko`p yurtda turli sohalar, servis xizmatlar, umuman yaxshi hayotga intilish kuchayadi va barpo bo`ladi.  

Biznesmenlar huquqlarini shaxslar emas, qonun, odil sud himoya qila olsa, ular pulini chetga olib chiqib ketmaydi, chetdan kiradigan investorlar soni ham shunga qarab ko`payadi, chunki ularda ham ishonch bo`ladi. 

Aslida, hamma muammoning echimi bu — odil sud. Sud kuchli bo`lsa, oddiy aytganda ta`limda ham, biznesda ham, medisinada ham, suvda ham — hamma sohada  "bespredel" kam bo`ladi. Hamma o`zining o`rnini bilib yuradi. Ertaga suv qurib qolsa, islohotlar ham ko`ngilga sig`maydi. Hozir suv kamayishi tezlashgan. Yaqin yillarda ayrim hududlar cho`lga aylanib, qurg`oqchilik kuchayib ketishi xavfi ortib borayapti. Medisina muhimligini-ku gapirmasa ham bo`ladi. U erdagi korrupsiya va sifatsiz xizmatga har birimiz doim to`qnash kelamiz.  Bir so`z bilan aytganda, aynan shu 5 ta sohani 5 ga bajara olishimiz shart",-deydi Allamjonov.

    Boshqa yangiliklar