AsosiyJamiyat

Bugun soat 19.00 dan 24.00 gacha bo`lgan vaqtda Toshkentning to`rtta ko`chasi yopiladi. Sababi...

'Bugun soat 19.00 dan 24.00 gacha bo`lgan vaqtda Toshkentning to`rtta ko`chasi yopiladi. Sababi...'ning rasmi

Bugun, 1 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o`ttiz bir yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o`tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

 Shu sababli poytaxtimizning Yangi O`zbekiston, Mahtumkuli, Tabarruk va Cho`lpon ko`chalarida soat 19.00 dan 24.00 gacha bo`lgan vaqt oralig`ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi.


"Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz va aylanma yo`llardan foydalanishni tavsiya qilamiz" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar