AsosiyJamiyat

Sentyabr oyining birinchi besh kunligi issiq bo`lishi kutilmoqda

'Sentyabr oyining birinchi besh kunligi issiq bo`lishi kutilmoqda'ning rasmi

Sentyabr oyi dastlabki besh kunligi issiq kelishi prognoz qilinmoqda.  Bu haqda O`zgidromet xabar berdi.

Xususan, 2−4 sentyabr kunlari havo harorati maksimumi respublikanining shimoliy va markaziy viloyatlarida +39 darajagacha, janubiy viloyatlarida esa +40 darajagacha issiqlikka ko`tariladi.

Mintaqadan antisiklonning chekinishi sabab G`arbiy Evropani uzoq muddat qizitgan, issiqroq havoning g`arbdan asta kirib kelishi uchun sharoit yuzaga kelmoqda. Mazkur issiqroq havo to`lqini 4 sentyabr kuni respublikaning sharqiy qismi vodiy viloyatlariga ham +37 darajalik issiqlikni taqdim etishi mumkin, deyiladi xabarda.

Payshanba kunidan boshlab respublikada havo harorati hududlarda quyidagicha ko`tariladi:

  • Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatlarida harorat kechasi +17…+22, kunduzi 1 sentyabrda +33…+38, 2−4 sentyabrda +32…+37 daraja bo`ladi.
  • Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +18…+23, kunduzi 1 sentyabrda +32…+37, 2−4 sentyabrda +34…+39 bo`ladi.
  • Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 1−2 sentyabrda kechasi +18…+23, 3−4 sentyabrda +20…+25 darajagacha, kunduzi 1 sentyabrda +33…+38 daraja, 2−4 sentyabrda +35…+40 darajagacha ko`tarilishi mumkin.
  • Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida shamol sharqdan 5−10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1−3 sentyabrda +13…+18 daraja, 4 sentyabrda +15…+20 daraja, kunduzi +32…+37 bo`ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari harorat kechasi +15…+20 daraja, kunduzi +32…+37 daraja bo`ladi.
  • Tog`oldi va tog`li hududlari harorat kechasi +10…+15 daraja, kunduzi +24…+29 daraja bo`lishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar