Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Voronej shahridagi vakilligiga 12 nafar yurtdoshimiz pasportlarini ish beruvchi olib qo`yganligidan norozi bo`lib shikoyat qilgan.
Shikoyat shu kunning o`zida zudlik bilan o`rganilib, mehnat migrantlari va ish beruvchi bilan uchrashuv o`tkazildi. Fuqarolarimizning ish beruvchi tomonidan olib qo`yilgan pasportlari qaytarildi hamda boshqa ishga joylashtirildi.
Shuningdek, Agentlikning Volgograd shahridagi vakilligi tomonidan 6 nafar qoraqalpog`istonlik fuqarolarimizning hujjatlari olib berildi va vaqtincha yashash joyi bilan ta`minlandi.
31.08.2022 08:33
Voronejda o`zbekistonliklarning hujjatlari zo`ravon ish beruvchilar tomonidan olib qo`yildi






