Tolibon Rossiya bilan faol savdoni yo`lga qo`yish bo`yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Zamon.uz' sayti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Moskvada Afg`oniston savdo vaziri boshchiligidagi rasmiy delegasiya neft, benzin, gaz va g`alla sotib olish bo`yicha kelishish arafasida. Agar kelishuvga erishilsa, bu xorijiy davlatlar Tolibon bilan tobora ko`proq biznes yuritayotganidan dalolat beradi.
Ma`lumki, hozirda Afg`onistonga qarshi qat`iy iqtisodiy sanksiyalar amal qilmoqda, bu esa Tolibon uchun xalqaro hisob-kitoblarni sezilarli darajada murakkablashtiradi.
Avvalroq Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Xavfsizlik kengashining Afg`oniston bo`yicha yig`ilishida amerikalik hamkasbi Linda Tomas-Grinfildni afg`on xalqidan o`g`irlangan pullarni qaytarishga chaqirdi.
"Hamkasblarimizning uzoq tortishuvlaridan Rossiya va Xitoyning Afg`onistonni qayta tiklashga chaqiruvini tushunish mumkin”, - dedi Nebenzya. "Ularning aytishicha, faqatgina AQSh va uning ittifoqchilari hamma narsa uchun to`laydi, Rossiya va Xitoy esa shunchaki borliqni larzaga keltirmoqda. Yo`q, janoblar, bizning sobiq g`arbiy sheriklarimiz, aslida xatolaringiz uchun siz to`lashingiz kerak".






