AsosiyJamiyat

DTM direktori avvalgi yillarda mandat kechikkaniga izoh berdi

'DTM direktori avvalgi yillarda mandat kechikkaniga izoh berdi'ning rasmi

Abiturientlarning imtiyozlariga oid ma`lumotlar elektron bazaga kiritilgani sabab 2022 yilda bakalavriatga qabul natijalari o`z vaqtida e`lon qilingan. Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid Karimov ma`lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz.

“Mandat hamma uchun bir vaqtda tayyorlanadi. Abiturientlar 3-5 ta yo`nalishni tanlaydi, shuni hisobga olib, mandat javoblarini bir vaqtga qilmasak bo`lmaydi.

Bundan tashqari, bizda turli tashkilot, idoralar beradigan 40 dan ortiq imtiyozlar bor. Hammasi tugaganidan keyin, mana shu imtiyozlarning barchasini ko`rib chiqish kerak. Ming afsuski, oldingi yillarda bularning ko`pi elektron raqamlashtirilmagan edi. Mana hozir ham bu ish oxiriga etkazilmagan. Agar imtiyozlarning hammasi elektronlashtirilib, bazada shakllantirilsa, bizda muammo bo`lmaydi.

Ammo bazasi yakunlanmay, kimdir qolib ketgan bo`lsa, tartibi bo`lmasa, ko`p ko`rsatkichlar kiritilmagan bo`lsa, bu holda muammo bo`ladi. Muammoning oxiriga etmaguncha, mandatni qilib bo`lmaydi. Bitta odam kelib, qolib ketgani borasida DTMga shikoyat qilsa ham, biz mandatni qayta ko`rib chiqishimizga to`g`ri keladi. Shuning uchun imtiyoz beradigan tashkilotlar bilan qayta-qayta ishlaymiz, bunga esa juda ko`p vaqt ketyapti”, – dedi Karimov 30 avgust kungi matbuot anjumanida.

Uning qo`shimcha qilishicha, bu yil imtiyozlar masalasida texnik muammolar bo`lmagani uchun ham mandat vaqtida e`lon qilingan.

 

    Boshqa yangiliklar