AsosiyJamiyat

"Apellyasiya arizalarini qabul qilish boshlandi" — DTM

'"Apellyasiya arizalarini qabul qilish boshlandi" — DTM'ning rasmi

 Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo`lgan abiturientlardan apellyasiya arizalarini qabul qilish boshlandi. DTM buni ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, arizalar my.dtm.uz sayti orqali (abiturientning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va jarayon 6 sentyabrga qadar (10 kun) davom etadi.

Ma`lumot o`rnida, apellyasiya arizasini bergan abiturientga uni ko`rib chiqish sanasi va vaqti ko`rsatilgan xabarnoma beriladi.

Eslatib o`tamiz, abiturient apellyasiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo`lishi lozim.

"Abiturient xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abiturient ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak. Apellasiya shikoyatlarini ko`rib chiqish 2022 yil 7 sentyabrdan boshlanadi",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar