Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash bo`limi boshlig`ining nuroniylar masalalari bo`yicha maslahatchisi Arabboy Xosiyatov 65 yoshda talaba bo`ldi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.
Arabboy Xosiyatov Chirchiq davlat pedagogika institutining ijtimoiy ish (fuqarolarning o`z-o`zini boshqarish organlari) yo`nalishiga talabalikka tavsiya etilgan.






