AsosiyJamiyat

O`zbekistonda baliq ozuqasi sotishga ixtisoslashgan birinchi Evropa do`koni ochildi

'O`zbekistonda baliq ozuqasi sotishga ixtisoslashgan birinchi Evropa do`koni ochildi'ning rasmi

Toshkentda Niderlandiyaning "Alltech Coppens" kompaniyasining O`zbekistondagi birinchi rasmiy do`konining ochilish marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar qilayapti “Dunyo” AA.

Mamlakatimizning Bryusseldagi elchixonasi ma`lumotiga ko`ra, «Alltech Coppens» kompaniyasi baliq ozuqalarini tayyorlash, ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan. Kompaniya mutaxassislari ilmiy tadqiqotlar asosida va  baliqlarning hayot tarzini hisobga olgan holda yuqori sifatli innovasion emlarni ishlab chiqadi. Coppens (ACAC) tadqiqot markazi bu jarayonda etakchi rol o`ynaydi, buning natijasida kompaniya ko`p yillar davomida akvakultura sohasida etakchi o`rinni egallab kelmoqda.

Yangi do`konda baliq etishtiruvchilar duch keladigan muammolarga ham echim taklif etiladi.

Sir emaski, O`zbekistonda keyingi yillarda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim o`rin tutadigan baliqchilik tarmog`ini rivojlantirishga katta e`tibor qaratilmoqda.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatda baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi oshdi, karp va Afrika laqqa baliqlarini etishtirishning innovasion tizimlaridan foydalanish, xonbaliq, qizil va bakir baliqlarini parvarishlash loyihalarini ishlab chiqish, baliqchilik klasterlarini tashkil etish dasturi amalga oshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar