AsosiyJamiyat

Farg`onada aholi e`tiroziga sabab bo`lgan tegirmon faoliyati to`xtatildi

'Farg`onada aholi e`tiroziga sabab bo`lgan tegirmon faoliyati to`xtatildi'ning rasmi

Davlat ekologiya qo`mitasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Sho`rsuv shaharchasi hududida joylashgan sanoat korxonalarining ekologiya va atrof-muhitga ta`siri yuzasidan o`rganishlar olib bormoqda.  Bu haqida Farg`ona viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ishchi guruh “Gips Group National” MChJ faoliyati bilan yaqinda tanishganda, ushbu MChJning tegirmon sexining 2 -tashlama manbasidan  olingan havo namunalarining tahlil natijalariga ko`ra, tarkibidagi zararli moddalar sement changi miqdori 19,9 marta ruxsat etilgan chegaraviy tashlamadan ortganligi hamda tashlama manbasining chang va gaz ushlash qurilmasi 80% ni tashkil etishi ma`lum bo`ldi.

Shu bois, sex faoliyati sud qarori asosida to`xtatildi.

Ishchi guruh o`rganishlari davom etmoqda.  

 

 

    Boshqa yangiliklar