AsosiyJamiyat

Avgustning oxirgi uch kunida O`zbekistonda harorat ko`tariladi — "O`zgidromet"

'Avgustning oxirgi uch kunida O`zbekistonda harorat ko`tariladi — "O`zgidromet"'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 28-31 avgust kunlari kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. 

Ma`lum qilinishicha, avgust oyining oxirgi uch kunligida havo harorati biroz yuqori ko`tariladi. Yog`ingarchilik kutilmaydi.

Qoraqalpog`iston respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida kelayotgan hafta boshida harorat maksimumi +37 darajagacha issiq kutiladi.  

Soha mutaxasislari tomonidan, 27-28 avgust ya`ni dam olish kunlari respublika hududlarida kunduz kunlari issiqroq, kechalari salqin harorat bo`lishi prognoz qilingan. 

    Boshqa yangiliklar