AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Zelenskiyga tabrik yo`lladi

'Shavkat Mirziyoev Zelenskiyga tabrik yo`lladi'ning rasmi

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va ukrain xalqiga mamlakat mustaqilligi kuni munosabati bilan tabrik yo`lladi.

Prezident tabrigida shu oyda ikki tomonlama munosabatlar tarixidagi muhim sana – diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 30 yilligi nishonlayotganini ham mamnuniyat bilan qayd etdi.

"Hech shubha yo`qki, an`anaviy do`stlik va o`zaro hurmat tamoyillariga asoslangan O`zbekiston-Ukraina munosabatlari birgalikdagi sa`y-harakatlarimiz tufayli bundan keyin ham rivojlanib boraveradi.

Fursatdan foydalanib, sizga mustahkam sog`lik, oilaviy baxt, mas`uliyatli davlat rahbarligi faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, do`st ukrain xalqiga tinchlik va farovonlik tilayman”, deyiladi O`zbekiston prezidentining tabrigida.

    Boshqa yangiliklar