Akademik liseylarga kirish test natijalari e`lon qilinmoqda. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar berdi.
2022/2023 o`quv yili uchun respublika oliy ta`lim muassasalari tasarrufidagi akademik liseylarga kirish imtihonlarining YaKUNIY NATIJALARI (mandat) e`lon qilindi.
Yakuniy natijalarni vazirlikning litsey.edu.uz rasmiy veb-sayti orqali bilishingiz mumkin.
Abiturient to`plagan bali asosida ustuvorlik bo`yicha tanlagan akademik liseyga o`qishga qabul qilinadi.






