AsosiyJamiyat

Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori oshirilmoqda

'Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori oshirilmoqda'ning rasmi

Bugun, 26 avgust kuni Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo`mitasining majlisi bo`lib o`tdi.

Unda senatorlar “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartishlar kiritish haqida”gi Qonun loyihasini ko`rib chiqishdi. 

Xususan, unga ko`ra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab pensiyani hisob-kitob qilish uchun o`rtacha oylik ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o`n barobaridan o`n ikki barobariga oshirilishi qayd etildi.

Mazkur qonunlar yuzasidan senator, ekspert olimlar va mahalliy Kengash deputatlarining takliflari, fikr mulohazalari eshitildi.

Majlis so`nggida Qo`mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

 

    Boshqa yangiliklar