Prezidentimizning tegishli farmoyishiga asosan bugun Prezident Administrasiyasi ijro etuvchi apparatida tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Prezident Administrasiyasi rahbarining o`rinbosari Komil Allamjonov xabar berdi.
Unga ko`ra,
Rustam To`ychievich Kamilov — Prezident Administrasiyasi axborot-kommunikasiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo`yicha sho``ba mudiri;
Hikmatilla Shuhratilla o`g`li Ubaydullaev – Prezident Administrasiyasi axborot-kommunikasiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo`yicha sho``ba etakchi konsultanti;
Ulug`bek Rauf o`g`li Normatov – Prezident Administrasiyasi jamoat fikrini o`rganish va tahlil qilish sho``basi etakchi konsultanti;
Shoxrux Anvarovich Xodjaev – Prezident Administrasiyasi kommunikasiyalar va axborot siyosati bo`yicha sho``ba etakchi konsultanti lavozimiga tayinlandi.






