Qoraqalpog`istondagi navbatdan tashqari o`tkazilayotgan Jo`qorg`i Kengesning 34-sessiyasida ishtirok etgan Shavkat Mirziyoev so`zini yakunlar ekan, quyidagilarni ta`kidladi:
"Hammangiz guvohsiz, bugun shiddat bilan o`zgarib borayotgan hayot oldimizga yangi-yangi vazifalarni qo`ymoqda.
Biz zamon talablaridan kelib chiqib, kelgusida sizlar bilan birgalikda Qoraqalpog`istonda yana ko`plab katta-katta ishlarni amalga oshiramiz.
Bu yangilanishlarni qoraqalpoq xalqi sezishi kerak. Eski usullar bilan Qoraqalpog`istonda ishlab bo`lmaydi.
Xudo xohlasa, hayotning har qanday sinov va mashaqqatlariga bardosh berib, ertangi kunga katta ishonch bilan yashayotgan mard va matonatli Qoraqalpog`iston xalqining og`irini engil, mushkulini oson qilishga qaratilgan bu ezgu va xayrli ishlarni bundan keyin ham izchil davom ettiramiz."






