AsosiyJamiyat

1 sentyabrdan haydovchilarga qulaylik yaratuvchi bir qancha tartiblar kuchga kiradi

'1 sentyabrdan haydovchilarga  qulaylik yaratuvchi bir qancha tartiblar kuchga kiradi'ning rasmi

O`zbekiston respublikasi Prezidentining "Avtotransport vositalaridan foydalanishda aholiga qo`shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to`g`risida" qaroriga muvofiq, joriy yilning 1 sentyabridan  boshlab haydovchilarga qulaylik yaratuvichi quyidagi tartiblar amalga tatbiq etiladi. 

Xususan,

  • jismoniy shaxslarga tegishli ishlab chiqarilganiga 10 yilgacha bo`lgan engil avtomototransportlar texnik ko`rikdan ixtiyoriy ravishda o`tkaziladi.

 

  •  engil avtomototransportlar quyidagi muddatlarda majburiy texnik ko`rikdan o`tkaziladi:

 

  • ️ishlab chiqarilganiga 11 yildan 14 yilgacha bo`lgan engil avtomototransportlar – 2 yilda bir marta;

 

  • ️ishlab chiqarilganiga 15 yil va undan ortiq bo`lgan engil avtomototransportlar – 1 yilda bir marta.

 

Bunda mazkur muddatlar tijorat asosida yo`lovchilar tashish faoliyatida foydalaniladigan engil avtomototransportlar uchun tatbiq etilmaydi.

 

    Boshqa yangiliklar