AsosiyDunyo

Bugun Bayden va Zelenskiy telefon orqali muloqot qilishadi

'Bugun Bayden va Zelenskiy telefon orqali muloqot qilishadi'ning rasmi

AQSh Prezidenti Jo Bayden payshanba kuni Ukraina etakchisi Vladimir Zelenskiyga telefon qilib, Vashington Kievga harbiy yordam yuborishi haqida ma`lumot beradi va Mustaqillik kuni bilan tabriklaydi. Bu haqda Oq uy ma`muriyati xabar berdi.

Shu bilan birga Vashington hozircha Baydenning Zelenskiy bilan uchrashuvi to`g`risida ma`lumot yo`qligini bildirdi.

“Davlat kotibi Entoni Blinken va Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Kievga borishdi. Bu davlatda bizning elchimiz faoliyat ko`rsatmoqda. Ukrainalik hamkorlarimiz bilan aloqamiz yaxshi”, deyiladi xabarda.

Chorshanba kuni Bayden Ukrainaga 2.98 milliard dollarlik harbiy yordam berilishini aytgani to`g`risida xabar tarqalgandi.

Qo`shma Shtatlar joriy yil yanvar oyidan beri Ukrainaga 13.5 milliard berdi, 2014 yildan bu yo-iga esa ko`mak miqdori 15.5 milliarddan oshgan. Bu ma`lumotni Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Pet Rayder tasdiqladi.

    Boshqa yangiliklar