AsosiyJamiyat

"Hisor" davlat qo`riqxonasiga o`rnatilgan videoqopqonga qo`ng`ir ayiq va Sibir tog` echkisi muhrlandi (video)

'"Hisor" davlat qo`riqxonasiga o`rnatilgan videoqopqonga qo`ng`ir ayiq va Sibir tog` echkisi muhrlandi (video)'ning rasmi

Davlat ekologiya qo`mitasi tasarrufidagi "Hisor" davlat qo`riqxonasiga o`rnatilgan fotoqopqonga qo`ng`ir ayig`i muhrlandi. Bu haqda Davlat ekologiya qo`mitasi xabar berdi. 

Shuningdek,  “Hisor” davlat qo`riqxonasi Qizilsuv bo`limi  qo`riqlash  xodimlari  tomonidan  o`rnatilgan videoqopqonlarda kiyiklar (Sibir tog` echkisi) tasvirga olindi.

Ma`lum qilinishicha, kiyiklar odatda chiqish qiyin bo`lgan baland tog`larda yashaydi."Hisor" davlat qo`riqxonasi ham bu jonivorlarning doimiy yashash maskani hisoblanadi. Qo`riqlash xodimlarining olib borilgan izchil muhofaza chora-tadbirlari natijasida keyingi yillarda ular sonining sezilarli darajada ko`payayotgani kuzatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar