The Washington Post gazetasi bugun “Kiev uchun jang” nomli maxsus loyihani e`lon qildi, deya yozmoqda Zamon.uz' sayti. Ta`kidlanishicha, loyihada Ukrainadagi harbiy mojaroning dastlabki kunlari haqida so`z boradi.
Maqolada ukrain hukumatining yuqori martabali amaldorlari, xususan, prezident Volodimir Zelenskiydan iqtiboslar keltirilgani aytiladi.
“Men hokimiyatni ushlab qolmoqchi emasman. Agar men ketsam, qon to`kilishi to`xtasa, bunga tayyorman. Hozirning o`zida ketaman. Siyosatga (hokimiyatni saqlab qolish) uchun kelmaganman. Agar bu mojaroni to`xtatsa, istalgan paytda ketishga tayyorman”, – degan u nizoning dastlabki kunlarida.






