Bugun, 23 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Tezkor Namangandagi zapravkalardan birida Mashina yonayotgani aytilmoqda" deya tarqalgan xabarga Namangan FVB Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Sodir bo`lgan yong`in yuzasidan Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 101 va 1050 qisqa raqamlariga murojaat kelib tushmagan, lekin ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga asosan voqea joyiga Yong`in qutqaruvchilar yuborilgan.
O`rganishlar davomida Damas avtomashinasida sodir bo`lgan yong`inni Namangan shaxar Guliston maxalla fuqarolar yig`inida joylashgan avtomobilga gaz to`ldirish shaxobchasi ishchilari tomonidan bartaraf etilgan.
Sodir bo`lgan yong`in natijasidan og`ir tan jaroxati olgan xamda xalok bo`lganlar yo`q.
Xozirda sodir bo`lgan yong`in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






