Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida gaz to`ldirish shoxobchalarida tirbandliklar yuzaga kelgani haqida xabar tarqaldi.
Holat yuzasidan “Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali rasmiy munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 23 avgust kuni Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha ta`mirlash ishlari olib borilgan. Yunusobod tumanidagi 6 ta gaz to`ldirish shoxobchalarida gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatilgan.
“Ta`mirlash ishlari tugatilgunga qadar iste`molchilardan boshqa gaz to`ldirish shoxobchalaridan foydalanishini iltimos qilamiz”, - deyiladi “Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati xabarida.






