Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi Chortoq mahallasi hududiga o`rnatilgan videokamera ob`ektiviga chiqindi tashlash bilan bog`liq bir holat muhrlanib qoldi.
Davalat Ekologiya Qo`mitasi holat aks etgan videoni e`lon qildi.
Unda "COBALT" rusumli avtotransport vositasidan turli xil maishiy chiqindilarni belgilanmagan joyga uloqtirib ketilgani aks etadi.
"Ushbu holat yuzasidan davlat inspektorlarining tezkorlik bilan olib borgan sa`y-harakatlari natijasida haydovchining shaxsiga aniqlik kiritildi va fuqaro X.A ga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qo`llanildi",-demoqda qo`mita.
Shuningdek, holat takrorlanmasligi, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lish hamda chiqindilarni faqatgina belgilangan joylargagina tashlash yuzasidan tushuntirish berilgan.






