Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg`ona viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro D.I. “D.V.” MChJ rahbari R.ning ishonchiga kirib, ushbu MChJga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida bank muassasasidan 3,1 mlrd so`m kredit ajratilishida yordam berishi evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






