AsosiyDunyo

Turkiyada sodir bo`lgan dahshatli avtohalokatda 16 kishi halok bo`ldi(video)

'Turkiyada sodir bo`lgan dahshatli avtohalokatda 16 kishi halok bo`ldi(video)'ning rasmi

Turkiyaning janubi-sharqidagi Mardin shahrida yuk mashinasi katta tezlikda ikki engil avtomobilni surib, bino devoriga borib urilgani aks etgan video ko`pchilikni dahshatga soldi.

Qayd etilishicha, hodisa kamida 16 kishining hayotiga zomin bo`lgan, 29 kishi jarohatlangan, ulardan sakkiz nafari og`ir yaralangan.

"Afsuski, shanba kuni biz o`sha mintaqada yirik baxtsiz hodisaga duch keldik. Barcha bo`linmalar safarbar qilingan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bizda 16 qurbon bor, ko`plab jarohatlanganlar bor”, — dedi Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu.

Hodisaga yuk mashinasining tormozi ishlamay qolgani sabab bo`lgan.

Ayd etilishicha, kecha Turkiyaning Gaziantep shahrida yo`lovchi avtobusi, tez yordam mashinasi, o`t o`chirish mashinasi va axborot agentligi avtomobili ishtirokida yana bir yirik YTH sodir bo`lgan. Unda 15 kishi halok bo`lgan.

 

    Boshqa yangiliklar