Bugun, 19 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:48 da samolyot Urganch xalqaro aeroportidan Milanga uchdi, deya xabar berdi “Uzbekistan Airports”.
Qayd etilishicha, 227 nafar yo`lovchisi bo`lgan "O`zbekiston havo yo`llari" milliy aviakompaniyasining Boeing-767 samolyoti Milan-Malpensa aeroportiga etib bordi.
"Urganchdan Milanga muntazam reyslar juma kunlari amalga oshiriladi. Shanba kunlari esa Milandan Toshkentga qaytish reyslari rejalashtirilgan",-deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, Milan va Toshkent o`rtasidagi aviaqatnovlar ilk bor 2007 yilda boshlangan va 2019 yiga kelib pandemiya sababli to`xtatilgan edi. Bugun ilk bor Urganchdan muntazam reys amalga oshirildi.






