Prezident Shavkat Mirziyoevning Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan ikki kunlik davlat tashrifi davomida ikki davlat olimlari hamkorligida qo`shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, olimlarni stajirovkalarga yuborish va o`zaro tajriba almashish masalalari bo`yicha ham kelishib olindi.
Qirol Abdulaziz universiteti bilan hamkorlikda yangi markaz tashkil etish taklifi muhokama etildi. Universitet delegasiyasi Toshkentda oktyabr oyida bo`lib o`tadigan InnoWeek-2022 innovasion g`oyalar haftaligiga tashrif buyurganida, markaz tashkil etish masalasi batafsil muhokama etiladi.
Jahon universitetlaridagi ta`lim sifatlari tahlili bilan shug`ullanuvchi World University Rangkings tashkiloti xulosasiga ko`ra, bu yil Arab va Fors ko`rfazi davlatlaridagi oliy o`quv yurtlari o`tgan yilga nisbatan ancha yuqori ko`rsatkichlar qayd etdi. Xususan, Saudiya Arabistonining Qirol Abdulaziz nomidagi universiteti Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqalari ichida ushbu reytingda liderlik qilayotgan Quddus universitetiga yaqinlashib oldi hamda mintaqada ikkinchi o`ringa ko`tarildi.
19.08.2022 11:19
O`zbekiston Saudiya Arabistonining eng yirik — Qirol Abdulaziz universiteti bilan hamkorlikni yo`lga qo`ydi






