AsosiyJamiyat

“Uning uyi buzilgan, buning uyi buzilgan”

'“Uning uyi buzilgan, buning uyi buzilgan”'ning rasmi

Ozoda Nursaidova 3 yil avval shifoxonaga tushishiga sababchi bo`lgan "snos" ni eslab, Konstitusiyaga o`zgartirish kiritish borasidagi taklif shundayligicha qolib ketmasligi kerakligini ta`kidladi.

"Internetda Konstitusiyani o`zgartirish kiritish bo`yicha takliflarga ko`zim tushdi. Unda insonlarning mol-mulkini himoya qilish bo`yicha berilgan taklif e`tiborimni tortdi. Chunki o`z vaqtida men bilan ham shu bo`yicha muammo bo`lgan. 3 yil avval uyim buzib tashlangan", – deydi xonanda.

U so`zida davom etarkan, bu taklif ayni muddao ekanini aytadi.

"Har bir insonning uy-joyi o`zi uchun bir vatan kabi muqaddas. Har bir o`zbek borki, birinchi bo`lib joy qiladi. Internetda ham hammamizni ko`zimiz tushadi. Uning uyi buzilgan, buning uyi buzilgan. Ya`ni bu bugungi kunda dolzarb muammo. Ushbu bandga o`zgartirish kiritilayotgani meni judayam quvontirdi. O`ylaymanki, bu taklif taklifligicha qolib ketmaydi va Konstitusiyaga kiritiladi", – deydi u.

Ma`lumotlarga ko`ra, yillar avval Nursaidovaning tobi qochib, yurak xastaligi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Bunga istiqomat qilib kelayotgan uyining bir qismi buzib tashlanishi sabab bo`lgan. Xonanda yashab turgan uyning ortidagi davlat eri deb da`vo qilinayotgan erlar allaqachon xususiylashtirilgan. Singlisi Nilufar Nursaidova qo`lida barcha hujjatlar borligi va Prezident farmoniga asosan uy 2018 yilning noyabr oyida qayta rasmiylashtirilishiga qaramasdan buzib tashlangan.

Mavzuga doir:

"Ruxsatlaringiz bilan men ham o`z fikrimni bildirmoqchiman" 
Alisher Fayz Konstitusiyaning ikki moddasiga kiritilayotgan o`zgartirishlar haqida gapirdi.
 

Dilbar Abdunabieva.

    Boshqa yangiliklar