Farg`ona viloyati FVB Qo`shtepa tumanidagi qabristonda yong`in sodir bo`lgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo`shtepa tumanidagi Sarmozor qabristoni yosh bolalar tomonidan yoqib yuborilgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat FVBga ko`ra, hududda hech qanday yong`in sodir bo`lmagan.
«Holat bo`yicha favqulodda holatlar bo`limi xodimlari qabriston hududida o`rganish ishlarini amalga oshirgan. O`rganish davomida ‘Sarmozorʼ MFYdagi qabristonda hech qanday yong`in sodir bo`lmagani aniqlandi», deyiladi munosabatda.






