AsosiyJamiyat

Surxondaryo hokimiga tegishli ekani aytilayotgan haqoratlarga to`la audio Bosh prokuratura tomonidan o`rganilmoqda (audio)

'Surxondaryo hokimiga tegishli ekani aytilayotgan haqoratlarga to`la audio Bosh prokuratura tomonidan o`rganilmoqda (audio)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi To`ra Bobolov va Angor tumani prokurori Jasurbek Rahimov o`rtasidagi haqoratlarga to`la suhbat ekani aytilgan audioyozuv tarqaldi.

Audiodan tuman prokuraturasi davlat byudjetini talon-toroj qilishda gumonlangan qaysidir rahbarni so`roq qilish uchun tergovga jalb qilgan. 

Bundan norozi bo`lgan viloyat hokimiga prokuror bo`sh kelmagach, hokim uni kurakda turmaydigan so`zlar bilan haqorat qila boshlagan. Huquq himoyachisi ham bo`sh kelmay, hokimga "munosib" javob qaytargan.

Bosh prokuratura 2022 yil 18 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda  Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolovga tegishliligi  ta`kidlanib tarqatilgan ushbu audioyozuvlarning haqqoniyligi, qachon, qaerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar o`rganilayotganligini ta`kidlamoqda. 

Surxondaryo viloyati hokimligi ushbu holat bo`yicha dastlabki ma`lumot sifatida quyidagilargni ma`lum qildi.  

Ta`kidlanishicha, audiomaterial joriy yilning fevral oyida hokimlik soatida bo`lib o`tgan muhokamadan kesib olinib, boshqacha talqin qilingan.

" Asl holatda yig`ilishda kun tartibiga qo`yilgan masalalar muhokamasi jarayonida viloyat rahbari Angor tumani sektor rahbarlaridan tumanning investisiya, eksport va soliq tushumlari bo`yicha yo`l qo`ygan xato va kamchiliklarini tanqidiy muhokama qilib, tanbeh bergan. Shu jumladan, tuman prokuroriga ham. Mazkur yig`ilish tanqidiy ruhda o`tganligi sababli viloyat hokimi asabiy holatda gapirishga majbur bo`lgan.

 Agar ushbu yig`ilish jarayonidan kesib olinib montaj qilingan va turlicha talqin etilayotgan audiomaterialdagi holatlar o`rganish natijasida qonunga xilof deb topilsa, qonunda belgilangan tartibda ko`rib chiqilishiga tayyorligini ma`lum qilamiz", – deyiladi viloyat hokimligi Matbuot xizmati bayonotida.

 

    Boshqa yangiliklar