AsosiyJinoyat

Prokuratura xodimi tadbirkordan 5 000 AQSh dollari talab qildi

'Prokuratura xodimi tadbirkordan 5 000 AQSh dollari talab qildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamentining Olmazor tumani bo`limi xodimi tadbirkorga tegishli MChJ uchun  bankdan jami 1 mlrd. 200 mln. so`m kredit pul mablag`i ajratilishida yordam berishini aytib, evaziga 5 ming AQSh dollari talab qiladi. Bu haqda darakchi.uz'ga ma`lum qildi.

Keyinchalik MChJga bank tomonidan 750 mln. so`m kredit pul mablag`i ajratilganligi bois tadbirkordan 3000 AQSh dollari berishini talab qilib, undan 2000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar