AsosiyJamiyat

Namanganda 243 gektar er o`zlashtirib olinganligi aniqlandi

'Namanganda 243 gektar er o`zlashtirib olinganligi aniqlandi'ning rasmi

Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi tizimida 2022 yilning 1 avgustiga qadar amalga oshirilgan nazorat tadbirlari natijasida jami 889 ta holatda 242,58 gektar er maydonlari o`zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi. Bu haqda O`zA yozmoqda.

Ma`lum bo`lishicha, o`zboshimchalik bilan egallab olingan er maydonlarining 217,7 gektari qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan erlarga, 4 gektari aholi punkti erlariga, 1,41 gektari sanoat, transport, aloqa xo`jaligi erlariga, 0,02 gektari  tarixiy-madaniy ahamiyatga molik erlarga, 1,61 gektari o`rmon xo`jaligi erlariga, 1,12 gektari suv fondi erlariga, 16,7 gektari esa zaxira erlarga to`g`ri kelgan.

Hududiy kadastr inspektorlari tomonidan qonun buzilish holatlari yuzasidan tegishli tartibda tushuntirishlar olib borildi. O`zboshimchalik bilan egallab olingan erlar bo`yicha belgilangan tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilib, ularni bartaraf etish bo`yicha zarur choralar ko`rildi. Buning natijasida huquqbuzarlarga berilgan 788 ta yozma ko`rsatma asosida 697 ta holatda 189 gektar yoki 78 foiz er qonun buzilish holatlari ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

Ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmagan 95 ta holatda esa 41,57 gektar o`zboshimchalik bilan egallangan er uchastkalarini qaytarish va ularda qurilgan imoratlarni buzdirish bo`yicha sudlarga da`vo arizalar kiritildi. Shundan, 59 ta da`vo ariza sudlar tomonidan qanoatlantirilib, majburiy ijroga qaratildi. Huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari mavjud bo`lgan 9 ta holatda materiallar prokuratura organlariga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar