AsosiyJamiyat

“Welcome to Bustanlik”. Toshkentda xalqaro milliy taomlar festivali bo`lib o`tadi

'“Welcome to Bustanlik”. Toshkentda xalqaro milliy taomlar festivali bo`lib o`tadi'ning rasmi

Ertaga, 11 avgust kuni Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanida “Welcome to Bustanlik” xalqaro milliy taomlar festivali bo`lib o`tadi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi Axborot xizmati Darakchi.uz ga xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, tadbir O`zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Shuningdek, festivalda “Milliy PR-markazi” DUK, Toshkent viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirliklari ko`magida, “Amirsoy” dam olish maskani va boshqa tashkilotlar ham ishtirok etadi. 

Mazkur festivalda 6000 dan ortiq mehmonlar, jumladan, Qozog`iston, Qirg`iziston, Rossiya, Belarus va MDHning boshqa davlatlaridan 1000 dan ortiq vakillar ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida etakchi oshpazlar, restavratorlar, umumiy ovqatlanish korxonalarining boshqaruv xodimlari va boshqalar bor.

Festival doirasida tanlovlar, milliy va xorijiy taomlarni tayyorlash bo`yicha mahorat darslari, musiqiy jamoalarning chiqishlari va h.k. kutilmoqda. Ushbu tashabbus Toshkent viloyatida gastronomik va turizmning boshqa turlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirning asosiy maqsadi O`zbekistonda gastronomik turizmni rivojlantirish va ommalashtirish, shuningdek:

  • mamlakatlar o`rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni, o`zaro ishonch, hamjihatlik va yaxshi qo`shnichilik aloqalarini mustahkamlash;
  • tinchlik va xavfsizlikni saqlash;
  • tabiiy obektlarni asrab-avaylash va saqlash;
  • O`zbekistonning turizm salohiyatini targ`ib qilish.

Tadbirga kirish bepul.Tadbirda ishtirok etish uchun havola orqali ro`yxatdan o`tish kerak.Tadbirga tashrif buyuruvchilarni 10 avgustgacha ro`yxatga olinadi. Manzil: Amirsoy Resort avtomobil to`xtash maydonchasi.

    Boshqa yangiliklar