AsosiyJamiyat

O`zbekiston elchixonasi Rossiyada bo`lib turgan va xorijdagi harbiy harakatlarda ishtirok etmoqchi bo`lgan vatandoshlarni ogohlantirdi

'O`zbekiston elchixonasi Rossiyada bo`lib turgan va xorijdagi harbiy harakatlarda ishtirok etmoqchi bo`lgan vatandoshlarni ogohlantirdi'ning rasmi

Rossiyaning Perm shahridagi o`zbek diasporasi rahbari shaxsan o`z vatandoshlarini Ukrainadagi urushga jalb qilayotgani to`g`risida xabar berilgandi. Ayni paytda O`zbekistonning Rossiyada elchixonasi vatandoshlarga bu borada ogohlantirish bilan chiqdi

O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida ko`ngilli batalonlar tuzish va/yoki harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantiradi, bu harakatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Diplomatik vakolatxonaning ma`lum qilishicha, Jinoyat kodeksining 154-moddasi (yollanish)ga ko`ra xorijiy davlat hududidagi qurolli mojarolarda yoki harbiy harakatlarda qonunga xilof ravishda qatnashish jinoyat hisoblanadi. Ushbu harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.

Elchixona O`zbekiston Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasida nazarda tutilgan qonunga xilof harakatlarni sodir etgangi to`g`risida xolis ma`lumotlar mavjud bo`lgan barcha shaxslar istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida O`zbekiston fuqarolarini ogohlantiradi.

"Elchixona yurtdoshlarimizni da`vatlarga berilmaslik va ehtiyotkor bo`lishga chaqiradi", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar