Bugun O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Fridunovich Abduxoliqovning tavallud ayyomi! Bu haqda Kinematografiya agentligi ma`lum qildi va tabrik yo`lladi. Tabrikda quyidagilar aytilgan:
Ushbu kun munosabati bilan barcha kinoijodkorlar nomidan Firdavs Fridunovichga uzoq-umr, sihat-salomatlik va oilaviy xotirjamlik tilaymiz.
Alohida e`tirof etish kerakki, Firdavs Fridunovichning bevosita sa`y-harakatlari natijasida milliy kino sohasini yildan yilga rivojlantirish, filmlar ishlab chiqarish samaradorligiga erishish, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish, Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash, Butunrossiya Davlat kinematografiya instituti Toshkent filialini ochish, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazini tashkil etish, “Kinochilar uyi”, “O`zbekiston milliy kinofondi”ni qayta tashkil etish va boshqa ko`plab ishlar amalga oshirildi.
Hurmatli Firdavs Fridunovich!
Kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish va o`zbek kinosini jahon bozorida keng yoyilishida olib borayotgan mashaqqatli ishlaringizda ulkan zafarlar yor bo`lsin!
Biz — ko`p sonli jurnalistlar va tahririyatimiz nomidan Firdavs Fridunovich Abduxoliqovni ushbu tabarruk yoshlari bilan chin dildan muborakbod etib, ularga xalq farovonligi, yurt ravnaqi yo`lidagi faoliyatlarida kuch-g`ayrat va omadlar tilab qolamiz. Tug`ilgan kuningiz muborak bo`lsin, Ustoz!






