Andijon viloyati hokimligi bergan xabarga ko`ra, bunga Qirg`izistonning “Dostuk” chegara o`tkazish punktida qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilayotganligi sabab bo`ldi.
“10 avgust kuni soat 08:00 dan 12:00 ga qadar “Do`stlik” chegara bojxona posti orqali fuqarolar va transport vositalari harakati vaqtincha to`xtatilishi to`g`risida ogohlantiramiz”, – deyiladi xabarda.






