Rossiya va Belarusda 2026 hamda 2028 yilgi Olimpiya o`yinlari namoyish etilmaydi. Bu haqda Xalqaro olimpiya qo`mitasi (XOQ) press-relizida ma`lum qilindi.
Qayd etilishicha, ushbu mamlakatlar Olimpiya o`yinlari televizion lisenziyasini sotib olish uchun o`tkaziladigan tenderda ishtirok etish huquqidan mahrum qilingan. Tender hujjatlari 25 aprelgacha topshirib bo`lingan.
Ma`lumot uchun, 2026 yilgi qishki o`yinlariga Milan mezbonlik qilsa, 2028 yilda yozgi Olimpiada Los-Anjelesda bo`lib o`tadi.






