AsosiySport

Eldor Shomurodov: "Murabbiyga kerak bo`lgan vaqtda shay turishga harakat qilaman"

'Eldor Shomurodov: "Murabbiyga kerak bo`lgan vaqtda shay turishga harakat qilaman"'ning rasmi

Italiya A Seriyasi 36-turi doirasida «Venesiya»ga qarshi o`yinda (1:1) raqib darvozasiga gol kiritib, jamoasini mag`lubiyatdan qutqarib qolgan Eldor Shomurodov bahsdan so`ng Corriere dello Sport’ga fikrlari bilan o`rtoqlashdi. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda. 

«Men murabbiyga kerak bo`lgan vaqtda har doim shay turishga harakat qilaman. Muxlislarimiz qarshisidagi muhim o`yinda maydonni bir ochko bilan tark etishimiz afsuslarnarli, chunki maqsadimiz «Venesiya»ni mag`lub etib, turnir jadvalida Evropa ligasi yo`llanmasini naqd qilish edi.

Shunga qaramay, jamoam bilan faxrlanaman. Biz oxirigacha kurashdik. Kelasi bahsda ham faqat g`alaba haqida o`ylashimiz kerak. Keyin esa Konferensiyalar ligasi finaliga hozirlik ko`ramiz», - deydi o`zbekistonlik hujumchi Corriere dello Sport muxbiri bilan suhbatda.

    Boshqa yangiliklar