AsosiyJamiyat

Sodiq Safoev: "Kechagi o`lchamlar bugungi kunga to`g`ri kelmayapti"

'Sodiq Safoev: "Kechagi o`lchamlar bugungi kunga to`g`ri kelmayapti"'ning rasmi

Avvalroq, “Deklarasiyalar muloqoti" xalqaro forumi doirasida tashkil etilgan ilmiy-amaliy seminarlar boshlangani haqida xabar bergan edik

Unda so`zga chiqqan Oliy Majlis Senatining Tashqi siyosat masalalari bo`yicha qo`mita raisi Sodiq Safoev forum ahamiyati haqida gapirdi:

Bugungi tadbir kun tartibiga kiritilgan mavzu qanchalik dolzarb ekanligi barchamizga ma`lum.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev o`zining qator chiqishlarida  xalqaro hamjamiyatning diqqat-e`tiborini umumbashariy muammolarni echishda sivilizasiyalar, madaniyatlar o`rtasidagi muloqot ahamiyatiga qaratdi. “Xafvsizlik, -  deydi O`zbekiston Rahbari, - yaxlit tushuncha, ishnoch esa uning fundamental asosi”.

Darxaqiqat, dunyoda vaziyat shiddat bilan o`zgarib bormoqda. Kechagi o`lchamlar bugungi kunga to`g`ri kelmayapti, avvalgi yondashuvlar samarasizligi ayon bo`lmoqda. Xalqaro ziddiyatlar keskinlashmoqda.

Natijada, insoniyat ilgari tasavvur qilib bo`lmagan va o`z harakat qamrovi va ko`lamiga binoan transmilliy tinchlik va barqarorlikka yangi havf-xatarlar bilan yuzma-yuz bo`ldilar.

Ularga qarshi samarali kurash uchun, birinchi navbatda, yangilangan ichki siyosat – demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, munosib ta`lim olish uchun imkoniyat yaratish zarur.

Shu bilan, bugungi tobora globallashayotgan dunyoda hech bir muammo alohida davlat tomonidan echila olmaydi. Barchamizni bezovta qilayotgan tahdidlar xalqaro, ko`p tomonlama, uyushgan harakatlarni amalga oshirishni talab qiladi.

Forum haqida qo`shimcha ma`lumotlarni Darakchi.uz da kuzating.

    Boshqa yangiliklar