Qoraqalpog`iston respublikasi, Beruniy tumanida haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo`lgan avto o`rgatuvchi usta ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament bu haqda xabar bermoqda. Qayd etilishicha, DXXning Beruniy tumani bo`limlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazilgan.
Unda, “B.A.” MChJ o`rgatuvchi ustasi fuqaro Z.N.ga va uning 3 nafar tanishlariga avto o`quv jarayonlariga umuman qatnashtirmasdan, imtihonlardan tanishlari orqali o`tkazib, haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 800 AQSh dollari va 16 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda",-deyiladi xabarda.






