AsosiyJamiyat

​Yangi Qonun: Yagona davlat reestri tashkil etiladi

'​Yangi Qonun: Yagona davlat reestri tashkil etiladi'ning rasmi

Bu haqda  SSV xabar  bermoqda. 

“Inson a`zolari va to`qimalarining transplantasiyasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga ko`ra:

inson a`zolaridan va (yoki) to`qimalaridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek transplantasiyaga muhtoj bo`lgan shaxslarga tezkorlik bilan tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida Donorlarning, resipientlarning, shuningdek inson a`zolarining va (yoki) to`qimalarining yagona davlat reestri (bundan buyon matnda Yagona davlat reestri deb yuritiladi) tashkil etiladi.

Yagona davlat reestri inson a`zolarining va (yoki) to`qimalarining transplantasiyasini amalga oshiruvchi tibbiyot muassasalarining axboroti asosida shakllantiriladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimidir.

Yagona davlat reestrida:

  • a`zolarning va (yoki) to`qimalarning potensial resipientlari;
  • o`ziga nisbatan a`zolar (a`zoning bir qismi) va (yoki) to`qimalarning transplantasiyasi bajarilgan resipientlar;
  •  o`zidan a`zolar va (yoki) to`qimalar olinishiga notarial tartibda tasdiqlangan yozma rozilik bergan tirik donorlar;
  • o`zining biologik o`limi yuz berishi fakti aniqlanganidan keyin o`z tanasidan (tanasining qoldiqlaridan) a`zolar va (yoki) to`qimalar olinishiga tiriklik chog`ida notarial tartibda tasdiqlangan yozma rozilik bergan shaxslar;
  • o`zidan transplantasiya uchun a`zolar va (yoki) to`qimalar olingan donorlar to`g`risidagi ma`lumotlar ko`rsatilgan bo`lishi kerak.

Donorlarning, resipientlarning, shuningdek inson a`zolarining va (yoki) to`qimalarining yagona davlat reestrini shakllantirish hamda yuritish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Yagona davlat reestrida saqlanadigan ma`lumotlar shifokor siridir.

    Boshqa yangiliklar