Prezident Shavkat Mirziyoev huzurida don mahsulotlari korxonalarida transformasiya jarayonlarining natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yig`ilish boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Ko`rib turibsizlar, jahon bozorlarida oziq-ovqat narxlari kun sayin yuqori sur`atlar bilan o`smoqda. Bugungi kunda xalqaro birjalarda 1 tonna bug`doy 400 dollardan sotilmoqda va yil boshiga nisbatan 30 foizga oshdi.
Bunday vaziyatda narx-navo barqarorligini ta`minlashning yagona to`g`ri yo`li bu – fermerlar manfaatdorligini ta`minlash, hosildorlikni oshirish orqali bozorda taklifni ko`paytirish hisoblanadi.
Buning uchun g`allachilikda bozor mexanizmlarini to`liq joriy etish zarur.
Biz bu islohotlarga uzoq tayyorgarlik ko`rdik. Barcha masalalarni puxta hisob-kitob qilib, bu ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirib kelayapmiz”, dedi davlat rahbari yig`ilish avvalida.
Yig`ilishda sohada xususiy sektorga keng yo`l ochilgani tufayli uning ulushi tobora ortib borayotgani ta`kidlandi. Xususan, so`nggi uch yilda hududlarda quvvati qariyb 3 million tonna bo`lgan 160 dan ortiq yirik xususiy don korxonalari ish boshladi.
Yig`ilish davom etmoqda.






