AsosiyJamiyat

"E-Antikorrupsiya" loyihasi ishga tushiriladi

'"E-Antikorrupsiya" loyihasi ishga tushiriladi'ning rasmi

“Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–240, 11.05.2022 y.)  qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 sentyabrdan, quyidagilarni nazarda tutuvchi "E-Antikorrupsiya" loyihasi to`liq ishga tushiriladi:

  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash;
  • “Korrupsiyaga moyil bo`lgan munosabatlar elektron reestri”ni shakllantirish va yuritish;
  • korrupsiyaviy xavf-xatarlarni qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, inson omilini qisqartirish va tegishli tartib-taomillar va funksiyalarni raqamlashtirish, shaffoflikni ta`minlash, jamoatchilik nazoratini yo`lga qo`yish orqali bartaraf etish.

 

 Loyiha “E-Anticor.uz” elektron platformasida amalga oshiriladi.

Shuningdek, 2023 yil 1 yanvargacha davlat boshqaruvi organlarida quyidagi talablar asosida kadrlar bilan ishlash yo`nalishidagi avtomatlashtirilgan tizim joriy etiladi:

  • vakant lavozimlarni e`lon qilishdan tortib, tanlov o`tkazish va ishga qabul qilish natijalari bo`yicha hujjatlarni rasmiylashtirishgacha bo`lgan jarayonlarni to`liq elektron tarzda amalga oshirish;
  • tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar to`g`risidagi  ma`lumotlarni yagona elektron bazaga jamlagan holda axborotni to`plash va unga ishlov berish;
  • kadrlarga oid ish yurituv hujjatlarini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda faqat tizim orqali elektron shaklda qabul qilish va yuritish;
  • xodimlarning ish faoliyati samaradorligini avtomatik baholash va ularni masofaviy o`qitish;
  • kadrlar bo`yicha ma`lumotlarning elektron arxivini yuritish.

    Boshqa yangiliklar